"Arsenal" yangi mavsum uchun transfer rejasini tuzdi
Londonning "Arsenal" jamoasi kelasi mavsum tarkibni kuchaytirish uchun hozirda harakat boshladi. Bu haqida jurnalist Sami Mokbel xabar bermoqda.
Manbada berilgan ma'lumotga ko‘ra, London klubi rahbarli yozgi transfer oynasi uchun allaqachon reja tuzgan. Ma'lum bo‘lishicha, sport direktori va klubning seleksiya bo‘limi rahbari jamoa tarkibiga ko‘p qirrali futbolchi, yarim himoyachi va chap qanot himoyachisini qo‘shib olishni maqsad qilgan. Klub shuningdek, transfer bozorida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlariga tezda javob berishga tayyor bo‘lishi kerakligini tushundi.
Ma'lumot uchun, Arteta shogirdlari hozirda 70 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar