"Arsenal" yozgi transferlar davrida katta xaridlarni amalga oshirmasligini ma’lum qildi

  • 01.05.2020 10:16
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Arsenal" klubi sport direktor Raul Sanllexining so‘zlariga ko‘ra, pandemiya tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab “kanonirlar” yozgi transferlar davrida yangi futbolchilar xarid qilish uchun katta mablag‘ sarflashmaydi.

“Mavsum oxirigacha klub 23 mln funt yo‘qotishi mumkin. Yozga kelib mablag‘ etishmaydi, ayniqsa, agar homiylar 2020/21 yilgi mavsum uchun avans to‘lovlarining bir qismini ushlab qolishsa.

Iyul oyi oxiriga borib “Arsenal”ning pul zahiralari tugashi mumkin va klubga boshqa jamoalar oldidagi majburiyatlarini hamda futbolchilar maoshlarini to‘lashi uchun 50 million funtdan ko‘proq qarz olishi talab qilinadi. Shuning uchun biz yaqinlashib kelayotgan transferlar oynasida katta xarajatlarni rejalashtirmayapmiz”, - deydi Sanllexi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!