“Arsenal”ga 17 yoshli vunderkind keladi

  • 23.06.2020 10:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Arsenal” rahbariyati Praganing “Sparta” jamoasi hujumchisi Adam Glojekka jiddiy qiziqish bildirmoqda.

17 yoshli futbolchi ikki mavsumdan buyon professional ligada barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda.  U Chexiya chempionatida 49 ta uchrashuvda 7 ta gol urishga erishdi.

“Sparta” sport direktori Tomash Rositski yosh futbolchini bir paytlar o‘zi o‘ynagan “Arsenal”ga o‘tishidan umidvor va muzokaraga tayyorligini bildirgan.

O‘z navbatida, “Leyptsig” ham Angliya chempionatiga yo‘l olgan Timo Verner o‘rniga Adam Glajekni olib kelishga harakat qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!