"Arsenal"ga "Valensiya" futbolchisi kerak
"Valensiya" xujumchisi Rodrigo Moreno faoliyatini Londonning "Arsenal" klubida davom ettirishi mumkin. London klubi 2021 yili shartnomasi tugaydigan Obameyangga o‘rinbosar qidirmoqda.
Xabar qilinishicha, "Arsenal" "Valensiya" ga dastlabki taklifini yuborgan. "Valensiya" klubi raxbari Piter Lim xam Rodrigoni qo‘yib yuborishga tayyor.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli xujumchi ushbu mavsumda 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 9 ta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar