"Arsenal"ning sobiq darvozaboni "Monako"ga o‘tdi
"Arsenal" klubi sobiq darvozaboni Vito Mannone faoliyatini "Monako"da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira o‘z tvitter sahifasida ma’lum qildi.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 32 yoshli posbon monakoliklar bilan shartnoma imzolagan. Ammo kelishuv qancha muddatga tuzilgani hozircha oshkor etilmayapti.
Mannonening so‘nggi jamoasi "Reding" klubi bo‘lgan edi. U bu jamoani shu yoz erkin agent sifatida tark etdi. U shuningdek, “Arsenal”, "Barnsli", "Xall Siti", "Sanderlend", "Minnesota Yunayted" va "Esberg" klublarida to‘p surgan.
Fikrlar