
Arshavin TsSKA - "Spartak" bahsidan so‘ng: Bu penalti edi
Rossiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Andrey Arshavin TsSKA - "Spartak" bahsida mezbonlar himoyachisi Vadim Karpov "Spartak" himoyachisi Ayrton Dantasga qarshi qo‘pollik ishlatganligiini aytdi.
"Birinchi navbatda, penalti berilmaganligini ta’kidlagan bo‘lardim. Hakam xato qildi, agar u 11 metrlik nuqtani ko‘rsatganida hayron bo‘lmasdim.
"Spartak" futbolchisi to‘pga birinchi bo‘lib chiqdi, kurashda Karpov kechikib qoldi. Umuman olganda, bu penalti edi," - dedi Arshavin.
RPLning 7-turida TsSKA va "Spartak" qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tdi va "armiyachilar" 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar