
Arteta "Arsenal"ning murabbiylar shtabini kimlar ishlashini tasdiqladi
"Arsenal" klubi bosh murabbiy etib tayinlangan Mikel Arteta o‘zining murabbiylar shtabini tasdiqladi.
Klub rasmiy saytining xabar berishicha ispaniyalik mutaxassisga Albert Steyvenberg va Stiv Raundlar yordam berishadi. Darvozabonlar murabbiyi esa Inyaki Kanya bo‘ladi.
Shuningdek, Unai Emerining iste’fosidan so‘ng jamoani ma’lum muddat boshqarib turgan Freddi Yungberg ham Artetaning murabbiylar shtabida faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, Mikel Arteta “Arsenal” bilan 2023 yilga qadar imzoladi. “Kanonirlar” ayni damda APLda 11-o‘rinda borishmoqda.
Fikrlar