
Arteta “Manchester Yunayted” yulduziga shaxsan qo‘ng‘iroq qildi
“Arsenal” bosh murabbiyi Mikel Arteta chempionlik uchun kurashish uchun jamoa hujum chizig‘ini kuchaytirish kerak, degan qarorga keldi.
Ispaniyalik mutaxassis “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordni Londonga taklif qilyapti.
Britaniya ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Mikel Arteta Markus Reshfordga shaxsan bog‘lanib, u bilan transfer masalasini muhokama qilgan.
Reshfordning manchesterliklar bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq transferni 60 million evroga hal qilish imkoniyati bor.
Keyingi mavsumlarda Markusning o‘yinida pasayish kutilmoqda. Aksariyat mutaxassislar hujumchiga jamoani o‘zgartirishni tavsiya qilyapti.
Fikrlar