Arteta: "Menimcha, kelasi mavsumda EChLga qaytamiz"

  • 25 fevral, 2022, 10:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Vulverxempton"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Aytishicha, jamoa juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritgan. 

Tecno

"1:0 hisobida yutqaza turib, yakunda g‘alaba qozonib ketish ajoyib natija. Ayniqsa, raqibingiz "Vulverxempton" bo‘lsa, bu g‘alaba yanada ahamiyatli. 

"Bo‘rilar"ga qarshi o‘ynash juda qiyin. Ular yaxshi himoyalanadi, qarshi hujumlarda o‘ta samarali harakat qiladi. Shunga qaramay, biz 3 ochko qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldik. 

"Arsenal" mavsum yakuniga qadar barqaror o‘yin ko‘rsatishga harakat qiladi. Umid qilamanki, kelasi mavsum muxlislarimiz bizning yana EChLga qaytganimizga guvoh bo‘ladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!