Artur Beterbiev: "Turki Al ash-Sheyx imkonsiz ishlarni amalga oshirdi"

  • 18.02.2026 11:27
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

79,4 kg da sobiq mutlaq jahon chempioni Artur Beterbiev saudiyalik investor Turki Al ash-Sheyxning professional boksgа qo‘shgan hissasi haqida gapirdi.

"Men Al ash-Sheyxni boksdаgi inqilobchi deb bilaman. U mazkur sportga keldi va boshqalar faqat so‘zda va’da qilgan ko‘p ishlarni bajardi. Hatto imkonsiz, deyа aytilgan janglarni tashkil etdi. Shuning uchun unga professional boksgа qo‘shgan hissasi, shaxsan men uchun qilgan xizmatlari uchun minnatdorchilik bildiraman", – dedi rossiyalik "Chempionat.som" muxbiri Aleksandr Frolov bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Beterbiev oxirgi bor 2025 yilning 22 fevral kuni ringga ko‘tarilib, Dmitriy Bivoldan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!