Artur Beterbiev va o‘zbek bokschilari...Hisob 2:1. Tez orada natija tenglashishiga ishonamiz!

  • 23 oktabr, 2019, 17:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 18 oktyabr kuni AQShning Filadelfiya shahrida tashkil etilgan boks oqshomining markaziy jangi, yarim og‘ir vazn toifasida rossiyalik Artur Beterbiev hamda ukrainalik Aleksandr Gvozdik o‘rtasida kamarlarni birlashtirish uchun kechdi. Mazkur qarama-qarshilikning 10 raundida Beterbiev raqibini nokautga uchratdi va WBC hamda IBF chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritdi. Ma’lumki, Gvozdik WBC yo‘nalishi chempioni hisoblanar edi.

Tecno

Hozirda, professional boksda ham katta shov-shuvga sabab bo‘layotgan rossiyalik bokschi havaskor yo‘nalishda ham katta natijalarni qo‘lga kiritgan. U -81 kg vazn toifasida uch karra Jahon chempioni, bir marotaba kumush medali sohibi va bir bora Jahon Kubogi oltin medalini qo‘lga kiritgan.

Ayni uning havaskor boksda gullagan davrida o‘zbek boks olamida ushbu vazn toifasida Abbos Atoev hamda Elshod Rasulovlarning  etakchilik davriga to‘g‘ri keladi. Artur jahon chempionati va kubogida vakillarimiz bilan jami uch bora to‘qnash keladi. Dastlab 2007 yilda AQShning Chikago shahrida tashkil etilgan Jahon chempionatida Abbos Atoev bilan g‘alabali yurishlarini davom ettirib, finalda o‘zaro to‘qnash kelishadi. Murosasiz o‘tgan jangda hamyurtimiz 20:17 hisobida ustun kelib, jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ladi.

kAafPX13451051487757_b

Navbatdagi qarma-qarshilik yana Abbos Atoevga qarshi kechadi. Mazkur jang oradan bir yil o‘tib, ya’ni 2008 yil dekabr oyida tashkil etilgan Jahon Kubogida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda ham finalga qadar barcha raqiblarini mag‘lub etib kelgan, har ikki bokschi musobaqa g‘olibligi uchun ringda to‘qnash kelishadi. Unda omad Beterbievga kulib boqadi. Ustunlik ham ko‘proq u tomonda bo‘lgan. Chunki, natija 17:7 ko‘rinish oladi. Shunday qilib, Artur bir yil avvalgi mag‘lubiyat uchun revansh olishni uddalaydi.

Uchinchi to‘qnashuv boksimizning yorqin vakili Elshod Rasulov bilan bog‘liq bo‘ladi. 2009 yil Italiyaning Milan shahri mezbonligidagi jahon chempionatida yana -81 kg vazn toifasining finali Rossiya va O‘zbekiston bokschilari jangidan iborat bo‘ldi. Artur hamda Elshod finalga qadar og‘ir yo‘lni bosib o‘tdi va tom ma’noda o‘sha turnirning bezagiga aylangan hal qiluvchi jangni o‘tkazishdi. Taktik va texnik kurashlar ostida kechgan bahsda rossiyalik bokschi kichik hisobda ustun keladi. Ya’ni natija 13:10 ko‘rinish olgandi.

elshod_sobirov

Har uch to‘qnashuv ham -81 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan. Xabaringiz bor, o‘sha vaqtlar Abbos Atoev dastlab -81 kg vaznda o‘z faoliyatini olib borib, keyinchalik o‘z vaznini o‘zgartirib, 75 kgda o‘z janglarini o‘tkazgan edi.

Xullas, hozirda Artur Beterbiev va yurtdoshlarmiz o‘rtasidagi hisob 2:1 ko‘rinish olgan. O‘ylaymizki, hali bu o‘z yakuniga etgani yo‘q. Professional boksda ham tez orada unga o‘zbekistonlik munosib raqobatchilar topiladi. Jumladan, Azizbek Abdug‘ofurov bu borada birinchi nomzod desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Qolaversa, Bektemir Meliqo‘ziev ham profida o‘z faoliyatini boshlagan. Garchi ular hozirda super o‘rta (-76,2 kg)da o‘z faoliyatini boshlagan bo‘lsada, yaqin yillar orasida yarim og‘ir vazn toifasida ham jang o‘tkazmaydi deb xech kim kafolat bermasa kerak.

Xulosa shuki, yaqin vaqtlar mobaynida hisobda o‘zgarishlar bo‘lishidan umidvormiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!