Arveladze: Bahs oldidan maydon sug‘orilmagani tez o‘ynashga xalal berdi

  • 25 iyun, 2020, 23:18
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca Cola Superligasining 6-turida "Qizilqum" klubi Toshkentning "Paxtakor" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Raqib darvozasiga javobsiz ikkita gol urishni uddasidan chiqqan "sherlar" ustozi Shota Arveladze g‘alabadan keyingi fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda, "Paxtakor" matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

- "Bu erda o‘ynash hamisha yoqimli. Maydon va yoritish tizimi yaxshi holatda bo‘ladi. Bu safar esa maydonning yarmidan ko‘proq qismi o‘rilmasdan qoldirilibdi. Shuningdek, maydon o‘yindan avval sug‘orilmagani tez o‘ynashga xalal berdi. Biz yaxshi o‘ynadik deb hisoblayman. Ko‘plab hujumlar uyushtirdik, vaziyatlar yaratdik va gollar urdik. Mezbonlar himoyada jips harakat qilishga intilishdi.

Komilov va Siddiqov uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng safga qaytishdi. Ular tobora yaxshiroq holatga kirib olishlariga umid qilaman. Abdullaev ham bugun zaxirada o‘tirdi. Ular bizni yanada kuchaytirishadi," - dedi Arveladze.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Насаф
25/06/2020 23:30
Пахтакор хам качондир узини академиясидан чиккан ёшлар билан уйнаб мактанадиган вакт буладими, ё бир умр клублани яхши уйинчиларини йигволиб мактаниб юраверадими? Жавобини ёзинглар Пахтакор хужайнлари ва спорт тв дагилар
Dilshodbek Yuldashev
26/06/2020 03:04
Бахонани қарелар!!!
Расулжон Тоштемиров
26/06/2020 00:18
Сохтакор денг