
Aspinall "UFC 300" da yana bir jiddiy raqib bilan jang qilmoqchi
Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall "UFC 295" turnirida Sergey Pavlovich ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng uzoq vaqt bo‘sh turishni istamaganini yana bir bor ta’kidladi.
Fight Disciples nashriga bergan intervyusida u Stipe Miochichga qarshi jang qilish g‘oyasini ilgari surdi. “Miochich bilan jangimiz juda ajoyib va "UFC 300" uchun juda mos keladi.Bizning jangimiz har qanday shouga yanada mazmun bag‘ishlaydi.Jang g‘olibi esa Jons bilan uchrashadi”, — dedi jangchi.
Fikrlar