"Aston Villa" angliyalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 11.06.2023 22:50
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi o‘z nihoyasiga etib, erkin agentga aylangan Oksleyd - Chemberlen faoliyatini "Aston Villa"da davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "Liverpool Echo" nashri.

Manabaning ta’kidlashicha, Birmingemliklar ustozi Unai Emeri angliyalik yarim himoyachini o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi. 

Eslatib o‘tamiz, Chemberlen 2017 yilda "Arsenal" safidan "Liverpul"ga 38 million evro evaziga o‘tgandi. U ko‘p bora jarohat olib, murabbiy ishonchidan chiqib qoldi. 

"Aston Villa" yana bir qator xaridlarni amalga oshirishni reja qilgan. Klub Tilemansni rasman o‘z tarkibiga qo‘shib olganidan keyin Tirni va Zanoloni ham sotib olmoqchi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!