"Aston Villa" hujumchisining xizmatlariga Madrid klubi qiziqmoqda

  • 14.01.2026 01:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko Madrid" hujumchi Jakomo Raspadori "Atalanta"ga o‘tishidan so‘ng uning o‘rnini to‘ldirish variantini qidirmoqda. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marcio xabar berdi.

Eng asosiy nomzod Doniell Malen hisoblanadi. Niderlandlik futbolchi hozirda Angliyaning "Aston Villa" jamoasida o‘ynaydi va uning xizmatiga "Roma" va "Napoli" kabi bir qator klublar qiziqish bildirgan.

Joriy mavsumda 26 yoshli Malen 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urib, 2 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali uning narxini 25 million yevroga baholaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!