"Atalanta" - "Valensiya". Jamoalarning imkoniyatlari qanday?

  • 19.02.2020 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor bugun UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi. “Atalanta” – “Valensiya” bahsi shular jumlasidandir.

Keling, ushbu bellashuv oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholab chiqamiz.

atalanta_5

Bu “Atalanta” uchun Chempionlar ligasidagi debyut mavsum hisoblanadi. Ammo, unutmaslik lozimki, bergamoliklar so‘nggi 2 mavsumdan buyon judayam chiroyli, tomoshabop o‘yin ko‘rsatishmoqda. Ular hujumda juda yaxshi o‘ynashadi va raqiblari darvozasiga juda ko‘p gol urishadi. Biroq, shu bilan birga o‘z darvozalaridan ham ko‘p gol olib chiqishadi.

“Atalanta”ning joriy mavsumdagi o‘yinlari bilan tanishadigan bo‘lsak, ular aksariyat o‘yinlarda raqib darvozasini 2 martadan ko‘p ishg‘ol etishganini ko‘rish mumkin.

“Atalanta” ayni damda A Seriyada 45 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

atalan

“Atalanta”ning so‘nggi 5 ta o‘yindagi natijalari:

“Atalanta” – SPAL 1:2

“Torino” – “Atalanta” 0:7

“Atalanta” – “Jenoa” 2:2

“Fiorentina” – “Atalanta” 1:2

“Atalanta” – “Roma” 2:1

valensiya1

“Valensiya”ning La Ligadagi ishlari hozircha yaxshi emas. So‘nggi uchrashuvlarda qayd etilayotgan natijalardan ko‘rish mumkinki “ko‘rshapalak”lar hujum chizig‘i u qadar faol emas. Himoya chizig‘i ham salbiy holatda. 

"Valensiya" ayni damda Ispaniya La Ligasi muosobaqasi jadvalida 38 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda.

“Atalanta”ning so‘nggi 5 ta o‘yindagi natijalari:

“Leonese” – “Valensiya” 0:0

“Valensiya” – “Selta” 1:0

“Granada” – “Valensiya” 1:2

“Xetafe” – “Valensiya” 3:0

“Valensiya” – “Atletiko” 2:2

valens_2

“Valensiya” himoyasining zaifligi va “Atalanta” hujum chizig‘ining faolligini inobatga oladigan bo‘lsak, bugungi uchrashuv gollarga boy bo‘lishi mumkin. Futbol mutaxassislari ham A Seriya klubining imkoniyatlarini yuqori baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, “Atalanta” – “Valensiya” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Javob bahsi esa 11 mart kuni “Mestalya”da bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!