"Atalanta" bir yil oldin olgan futbolchisini 2 barobarga sotmoqchi

  • 18 iyul, 2020, 10:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Atalanta” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Ruslan Malinovskiyning transfer narxini e’lon qildi.

Tecno

Bergamoliklar Ukraina terma jamoasi a’zosini 30 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmoqchi emas. Bu haqda Football Italia xabar tarqatmoqda.

Aytish kerakki, “Atalanta” Ruslanni bir yil muqaddam “Genk”dan 13,6 mln evro evaziga sotib olgandi.

Malinovskiy joriy mavsum A Seriyada 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!