"Atalanta"ga qarshi o‘yinda hushdan ketgan "Napoli" futbolchisi kasalxonadan chiqdi
“Napoli” himoyachisi Viktor Osimxen Bergamodagi kasalxonadan sog‘ayib chiqdi va Neapolga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Osimxen A Seriyaning “Atalanta”ga qarshi bahsida raqib futbolchisi bilan to‘qnashib ketgan va maydonda hushini yo‘qotgan edi.
Osimxen joriy mavsum “Napoli” safida 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning jamoasi A Seriya musobaqa jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar