
"Atletik" - "Valensiya" bahsida kuchlar teng keldi (video)
Ispaniya La Ligasining 22-turida “Atletik” o‘z maydonida “Valensiya”ni qabul qildi.
Qiziqarli kechgan o‘yin 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. Qizig‘i, o‘yindagi gollarning ikkalasiga ham “Valensiya” futbolchilari mualliflik qildi. Dastlab, Ugo Gilyamon 43-daqiqada o‘z darvozasiga gol urgan bo‘lsa, 65-daqiqada Gabriel Paulista o‘z goli bilan hisobni tenglashtirdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar