
"Atletiko" Alkaserni Ispaniyaga qaytarmoqchi
"Atletiko" Madrid klubi "Borussiya D" forvardi Pako Alkaserning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ispaniyalik futbolchining o‘zi ham dortmundliklarga boshqa jamoaga o‘tish istagi borligi haqida aytgan. Uning bu gaplaridan so‘ng jamoaga Erling Xoland olib kelindi.
"Atletiko" ushbu masala yuzasidan Alkaser bilan bog‘langan. “Matraschilar”da shuningdek PSJ forvardi Edinson Kavani nomzodi ham bor. Shu bois ular ayni damda ushbu ikki futbolchidan birini tanlash borasida o‘ylanishmoqda.
“Atletiko” Alkaserni keyinchalik 30 mln evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi ham mumkin.
Ma’lumot uchun, Alkaser bu mavsum “Borussiya” Dortmund safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar