"Atletiko" "Chelsi"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi
"Atletiko" yozgi transferlar oynasida Mark Kukurelya va Obameyangni o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi , deya xabar berdi "Standart Sport" nashri.
Mazkur futbolchilar mavsum boshida "aristokratlar"ga kelgandi. Ispaniyalikning transferi "Chelsi"ga 63 million evroga, 32 yoshli hujumchiniki esa 12 million evroga tushgan. Ushbu xaridlar klub uchun omadli bo‘lgani yo‘q.
Garchi Kukurelya nisbatan ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgan bo‘lsada, 2 ta assist amalga oshirdi. Obameyang esa eng yomon transferlarini bir bo‘ldi. Futbolchi jamoaning ChLdagi qaydnomasidan chiqarib yuborildi. Bundan tashqari, so‘nggi paytlar juda kam o‘yin daqiqalarga ega bo‘lmoqda.

Fikrlar