"Atletiko" etakchisi safga qaytdi
Madridning "Atletiko" klubi yarim himoyachisi Koke jarohatidan forig‘ bo‘ldi va umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
U La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Levante"ga qarshi bellashuvdan oldingi mashg‘ulotlarda qatnashgan, biroq, uning ushbu o‘yinda ishtirok etishi so‘roq ostida.
Ma’lumot uchun, Koke La Liganing 17-turida "Osasuna"ga (2:0) qarshi o‘yinda jarohat olgan edi.
Fikrlar