"Atletiko" futbolchisi Ispaniya fuqaroligini oldi

  • 30.05.2020 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Atletiko" Madrid klubi rahbariyati jamoaning ijaradagi xavbeki Kayo Enrikeni yana tarkibga qaytarmoqchi.

AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli braziliyalik futbolchi nihoyat Ispaniya pasportini olishga erishgan. Shu bois “matraschilar” uni yana jamoaga qaytarib olishga qaror qilishgan.

Aytish kerakki, “Atletiko” Enrikeni 2016 yilda o‘z safiga qo‘shib olgan edi. Ammo, o‘tgan 4 yil ichida u madridliklar safida birorta ham o‘yinda ishtirok etgani yo‘q. U so‘nggi mavsumni “Gremio” safida ijarada o‘tkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!