"Atletiko" futbolchisiga APLdan qiziqish bor

  • 15.12.2025 18:17
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" "Atletiko Madrid" futbolchisi Pablo Barriosning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "Fichajes" nashri xabar berdi.

Manbada berilgan ma’lumotga ko‘ra, londonliklar Madrid klubiga yarim himoyachi uchun 70 million funt sterling taklif qilishgan. "Atletiko" esa Barriosni qo‘yib yuborishni xohlamayapti. 22 yoshli futbolchining o‘zi ham ispan klubida qolishni istamoqda.

Ispaniyalik futbolchining hozirda "Transfermarkt" portalidagi narxi 60 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yozida yakuniga etadi.

Ma’lumot uchun, Pablo joriy mavsum madridliklar safida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!