“Atletiko” “Atalanta” yulduzi ko‘zladi

  • 29 may, 2020, 19:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone A Seriyada barqaror o‘yin namoyish etayotgan “Atalanta” hujumchisi Duvan Sapateni yozda o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.

Tecno

Kolumbiyalik 29 yoshli futbolchining muntazam gol urayotgani, jamoadoshlarini golli pas bilan ta’minlash qobiliyati, jismoniy quvvati va mehnatkashligi Simeonening tinchini o‘g‘rilagan. Sapate “Atletiko”da Diego Kostaning o‘rini egallashi kutilmoqda.

“Atalanta” hujumchi uchun 60 million evro so‘ramoqda. Madridliklar bu summani tushirishga harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!