"Atletiko" hujumchisi o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda

  • 23.12.2020 10:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Atletiko" forvardi Diego Kosta o‘ziga yangi jamoa topishni rejalashtirmoqda. Uning “matraschilar” bilan amaldagi shartnomas  yozda o‘z nihoyasiga etadi va u ushbu kelishuvni uzaytirmoqchi emas.

Tecno

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Kosta Madridni yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar davridayoq tark etmoqchi. Agar buning imkoni bo‘lmasa, u yozda erkin agent sifatida ketadi.

Diego Kosta joriy mavsum “Atletiko” safida La Ligada 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!