“Atletiko” “Jenoa”ning “Yuve” kutayotgan futbolchisiga xaridor

  • 17.04.2021 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Atletiko” bosh murabbiyi Diego Simeone yozda tarkibini kuchaytirish uchun mahoratli futbolchilarni tanlayapti.

Argentinalik mutaxassis o‘z jamoasiga “Jenoa”da to‘p surayotgan Nikolo Rovellani taklif qilmoqchi. Simeonega 19 yoshli yarim himoyachining o‘yini ma’qul kelgani aytilmoqda.

Rovella “Jenoa” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, u yaqinda 18 million evro evaziga “Yuventus” bilan shartnoma tuzgan. Genuyaliklar o‘zi tarbiyalagan tayanch yarim himoyachisini ikki yilga ijaraga qaytarib oldi.

Nikolo 2022 yilning 30 iyun kuni Turin klubi ixtiyoriga qaytishi kerak bo‘ladi.

Shomurodovning jamoadoshi joriy mavsumda 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!