"Atletiko" Kostani sotib yubormoqchi
Madridning "Atletiko" klubi rahbariyati yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida jamoa hujumchisi Diego Kostani sotib yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “Barselona”ga (2:0) qarshi o‘yinda qizil kartochka olib va hakamni haqorat qilib jamoani noqulay ahvolga solib qo‘ygani “matraschilar” rahbariyatining unga nisbatan g‘azabini keltirgan.
Bundan tashqari 31 yoshli futbolchining joriy mavsumdagi statistikasi ham yaxshi emas. Kosta 21ta o‘yinda bor yo‘g‘i 5ta gol urishga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Kostaga Xitoy klublaridan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Uning transferi esa 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar