"Atletiko" muxlislari uchun xushxabar!
"Atletiko" Madrid klubi va Portugaliya terma jamoasining yosh umidli hujumchisi Joau Feliks jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘ldi.
Eslatib o‘tish lozimki, Portugaliya terma jamoasi Evropa chempionatidagi ishtirokini yakunlagach, Joau tovonidan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi. Shu sababli u mavsumning dastlabki 3 ta turida "Atletiko"ga yordam bera olmadi. Hozir esa umumiy guruhda shug‘ullanmoqda.
Bundan tashqari kecha tunda "matraschilar" Antuan Grizmanni "Barselona"dan ijaraga olganini e’lon qildi.
Joau Feliks o‘tgan mavsum La Ligada jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar