"Atletiko" o‘z safiga "Valensiya" to‘purarini qo‘shib olmoqchi
"Valensiya" hujumchisi Rodrigo Moreno mavsumlar oralig‘ida "Atletiko"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “matraschilar” yozgi transferlar davrida tarkibga yana bir mahoratli hujumchi jalb etish kerak deb hisoblashmoqda. 28 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi esa ularga taxminan 60 mln evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Rodrigo o‘tgan mavsum “Valensiya” safida jami 51ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 10ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar