"Atletiko"ning asosiy futbolchisi 2,5 oyga diskvalifikatsiya qilindi

  • 23.12.2020 21:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper stavkalar (garov) bo‘yicha qoidalarni buzgani uchun 10 haftaga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda VVS xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchi 2019 yilning yozida o‘zining “Tottenxem”dan “Atletiko”ga o‘tishi bo‘yicha garov o‘ynagan. Endi u 12 ta o‘yinda “matraschilar”ga yordam berolmaydi.

30 yoshli Triper joriy mavsum “Atletiko” safida jami 19 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 4 ta goliga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!