"Ayaks" darvozaboni qishlog‘ini elektr bilan ta’minladi

  • 09.08.2020 23:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Ayaks” darvozaboni Andre Onana xayrli ish qildi. CFOOT Cameroon tarqatgan xabarga ko‘ra, kamerunlik futbolchi o‘zi tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini elektr energiyasi bilan ta’minlagan.

Endi Onananing qarindoshlari va qishloqdoshlari dovul lampalaridan foydalanmaydi. Bundan tashqari, ular endi televizor tomosha qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi.

Onana “Ayaks” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 178 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 158 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!