
Ayollar futboli bo‘yicha O‘zbekiston kubogiga start berildi
27 iyun ayollar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi 1/8 final o‘yinlariga start berildi. Bugun ushbu bosqichning birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.
Bugungi bahsda "Navbahor W" o‘z maydonida "Sevinch"ni qabul qildi va o‘z darvozasidan javobsiz 6ta gol o‘tkazib yubordi.
O‘zbekiston kubogi, 1/8 final
27 iyun, payshanba
NAVBAHOR-W – SEVINCh 0:6
Namangan. “Yosh kuch” stadioni. 155 tomoshabin
Hakamlar: A. Rahimov, X. Erkinova, R. Yusupova, R. Fozilov
Nazoratchi: A. Snetkov
Komissar: A. Fayziev
Gollar: Maftuna Shoyimova (7-penalti), Gulzoda Aminova (10, 22, 51), Nilufar Qudratova (63), Shaxnoza Qurbonova (66).
Ogohlantirishlar: Yo‘q.
Fikrlar