
Azar faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi
"Borussiya Dortmund" vakili Torgan Azar faoliyatini Frantsiyada davom ettirishi mumkin. Uni "Monako" o‘z safiga qo‘shib olishni reja qilgan. Klublar ayni paytda muzokaralarni boshlagan, deya xabar berdi "Calcio Mercato" nashri.
Agarda tomonlar kelishuvga erishsa, vinger Frantsiyaga yo‘l oladi. Dortmund jamoasini uni qo‘yib yuborishga tayyor. Sababi, Azarning amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Eslatib o‘tamiz, "Monako" o‘z safiga "Yuventus"dan Denis Zakariyani ham qo‘yib olishga yaqin turibdi.
Fikrlar