
Azar hali singani yo‘q!
“Real”da o‘zini ko‘rsata olmagan Eden Azar hali yuqori saviyada o‘ynashga qodir. Har holda kelajagi yo‘q, deb qaralayotgan belgiyalik futbolchining xaridorlari ko‘payib borayotgani shundan dalolat bermoqda.
Todofichajes nashrining xabar berishicha, yoshi 30 dan o‘tganiga qaramay, Azar Germaniya, Italiya va Angliya yuqori divizionlarida faoliyatini davom ettirishi mumkin. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, unga “Borussiya D”, “Milan”, “Nyukasl” va “Vest Xem” kabi klublar shartnoma berishga tayyor.
“Real” xo‘jayinlari ham katta maosh oluvchi futbolchidan tezroq qutilmoqchi. Chunki “Qirollik klubi” yozda o‘z tarkibiga Kilian Mbappe va Erling Xolandni qo‘shib olishga urinyapti. Agar yangi avlod vakillari keladigan bo‘lsa, o‘z ishini uddalay olmayotgan Azarga Madrid klubida non qolmaydi.
Azar joriy mavsumda 15 marta maydonga tushib, bitta gol urdi xolos.
Fikrlar