Azar: Ko‘proq o‘ynamoqchiman
"Real"ning hujumkor yarim himoyachisi Eden Azar Madrid klubida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlayotganini tan oldi.
"Hozir qiyin vaqt, chunki men o‘ynashni xohlayman, lekin menga etarlicha imkoniyat berilmayapti. "Real" Madridda o‘zimni yaxshi his qilyapman, biroq o‘zim xohlaganimdan kamroq daqiqa harakat qilyapman.
O‘yin amaliyotiga ega bo‘lsam, o‘zimni yaxshi ko‘rsatishga harakat qilaman. Men qiyin vaziyatga tushib qoldim, ammo buni engib o‘taman", - deya Azarning so‘zlarini keltiradi "Marca".



Fikrlar