
Azar: "Men Anchelottini xurmat qilaman, lekin bir-birimiz bilan gaplashmaymiz"
"Real" futbolchisi Eden Azarning kelajagi so‘roq ostida turibdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilda o‘z nihoyasiga etadi. Ammo yangi bitim borasida hech qanday muzokaralar o‘tkazilmayapti. Belgiyalik vinger Anchelotti bilan munosabatlari haqida gapirib o‘tdi.
"Men keyingi yil ham Madridda qolaman. Karloni xurmat qilaman. Ammo bir-birimiz bilan gaplashmaymiz. Futbol o‘ynashni sog‘indim. Maydonga tushishni istayman", - dedi Azar.
32 yoshli futbolchi ushbu mavsum juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda. U "Real" tarkibida 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta assist amalga oshirdi.
Fikrlar