Azar: "Menga ta’til juda ma’qul bo‘ldi"

"Real" Madrid jamoasi futbolchisi Eden Azar yangi mavsum haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Shuningdek, u sog‘ligi borasida ham gapirdi.

"Men o‘z-o‘zimga o‘ynay olishimni aytdim. Hozir og‘riq sezmayapman. 

Biz endi bor e’tiborimizni yanada rivojlanishga qaratishimiz kerak. Menga ta’til juda ma’qul bo‘ldi. Mavsumoldi tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.

Biz o‘tgan mavsum La Liga va chempionlar ligasida zafar quchganimizda, klub va uning muxlislari uchun xursand bo‘ldim. Lekin hayolimda faqat jamoaga yordam bera olmayotganim edi. 

Men bu mavsum avvalgi darajamga qayta olishimni isbotlamoqchiman. Yana sovrinlar yutishimizga ishonaman. "Real" uchun borimni berishga tayyorman", - dedi belgiyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!