Azar "Real"da 2 ta raqamdan birini tanlashi kerak

  • 15 iyun, 2019, 09:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Tez orada "Real"ning yangi yulduzi Eden Azar qaysi raqamda to‘p surishi ma’lum bo‘ladi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli belgiyalik futbolchi 7 yoki 11 raqamlaridan birini tanlashi mumkin. Ta’kidlash kerakki, ayni damda 7-raqam Mariano Diasga, 11-raqam esa Garet Beylga tegishli hisoblanadi. Biroq, “qirollik klubi” ushbu futbolchilarni sotib yuborishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” Azarni 100 mln evro evaziga “Chelsi”dan sotib oldi. 13 iyun kuni esa uni "Santyago Bernabeu"da tanishtiruvi bo‘lib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!