Azar "Sanderlend"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Londonning “Chelsi” klubi yarim himoyachisi Eden Azar “Sanderlend”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi. BU haqda The Guardian nashri xabar tarqatgan.
Belgiyalik futbolchi “Vest Bromvich”ga qarshi kechgan so‘nggi o‘yinda jiddiy jarohat olgan. Shu sabab u klub bazasi joylashgan Kobxemda qolgan va davolanishni davom ettirmoqda.
Bo‘lajak o‘yinda Azar o‘rnini Villian egallashi kutilmoqda.

Fikrlar