
Azarni Italiyaga chaqirishyapti
“Real”da o‘z o‘yinini namoyish qila olmagan Eden Azar faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Avvalroq, belgiyalik hujumkor futbolchi “Chelsi” qaytib ketishi aytilgan edi. Biroq, Tomas Tuxel bu variantni ma’qullamadi va Azar Madridda qoldi.
Endi tajribali pleymeykerga “Yuventus” xaridor bo‘lmoqda. Hozir turinliklar jamoaning hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda.
Azarning transferi “Yuventus”ga og‘irlik qiladi. Shu bois, turinliklar futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ikki mavsumga ijaraga olmoqchi. Transfermarkt “Real” bilan 2024 yilning yarmigacha shartnomaga ega bo‘lgan Azarni 40 million evroga baholamoqda.
Fikrlar