Aziz Turg‘unboev: "Paxtakor" kuchli raqib, lekin..
"Navbahor" klubi matbuot xizmati bugun bo‘lib o‘tadigan "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan oldin jamoa yarim himoyachisi Aziz Turg‘unboev bilan qisqacha suhbat uyushtirdi.
"Toshkentda bo‘lib o‘tgan markazlashgan chempionat bahslarida unchalik omadimiz kelmadi. Shu bois, bugungi uchrashuvda mazkur bahsni oynai jahon orqali kuzatadigan muxlislarimizning ishonchlarini oqlash, g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. To‘g‘ri, “Paxtakor” kuchli raqib. Lekin har qanday raqibni mag‘lubiyatga uchratsa bo‘ladi. Ta’kidlaganimdek, buni amalga oshirish uchun maydonda jon-jahdimiz bilan harakat qilamiz.
Jamoadoshim Igor Golban bilan birgalikda men ham milliy terma jamoamizning o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga jalb etildim. Bugungi o‘yinda zafar quchgan holda, bosh jamoamizning yig‘iniga yaxshi kayfiyatda yo‘l olmoqchimiz. Bugun muxlislarga bayram sovg‘asi sifatida g‘alabani tortiq etish niyatidamiz", - dedi mahoratli futbolchi.

Fikrlar