
Azizbek Abdug‘ofurov himoya jangini qachon o‘tkazadi?
Hamyurtimiz WBC silver kamari soxibi, Azizbek Abdug‘ofurovning kamarini himoya qilish muddatiga ham oz vaqt qoldi. Ma’lumki, har olti oyda himoya jangi o‘tkazilishi kerak bo‘ladi. Yurtdoshimiz ushbu kamarni qo‘lga kiritgandan keyin, bir bora xitoylik Vujati Nuerlangni mag‘lub etib, kamarni o‘zida saqlab qolgan edi. O‘sha jangda qariyib mana olti oy ham o‘tib bo‘ldi. Lekin hozirga qadar jang borasida ma’lumot yo‘q. Bokschimiz bilan bog‘langanimizda, mashg‘ulotlarga jiddiy kirishganini lekin jang qachon bo‘lishi borasida aniq bir fikr bildira olmasliggini ta’kidlab o‘tdi. Voqealar rivojini kuzatib boring.
Fikrlar