Azmun "Napoli"ga o‘tishi kutilyapti

  • 18.07.2020 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Zenit" forvardi Sardor Azmun hamon "Napoli"ning diqqat markazida bo‘lib turibdi.

Transfermarket saytining yozishicha, A Seriya grandi "Lill" hujumchisi Viktor Osimxenni sotib ololmagan taqdirda, aynan eronlik futbolchini tarkibga qo‘shib oladi.

Osimxen uchun kurashda "Napoli"ga "Liverpul" jiddiy raqobat ko‘rsatmoqda.

Azmun joriy mavsum 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 38 ta o‘yinda maydonga tushgan Osimxen esa 18 ta gol urib, 6 ta golli uzatma bergan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!