BAA chempionati. "Shabab Al-Ahli" mag‘lub bo‘ldi. G‘aniev zaxiradan o‘yinga qo‘shildi

Birlashgan Arab Amirliklari chempionatining 6-turidan o‘rin olgan "Al-Vasl" va "Shabab Al-Ahli" jamoalari o‘rtasidagi bahs yakunlandi. Mazkur uchrashuvda maydon egalari minimal hisobda zafar quchdi.

"Shabab Al-Ahli" safida harakat qilayotgan legionerimiz Azizjon G‘aniev bellashuvni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va ikkinchi bo‘lim boshida maydonga tushirildi.

Ma’lumot uchun, ushbu g‘alabdan keyin "Al-Vasl" ochkolar sonini 9taga etkazib, 6-o‘ringa ko‘tarildi. G‘aniev jamoasi esa bir pog‘ona pastladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!