BAA jamoasi ustozi: O‘zbekiston haqli g‘alabaga erishdi

  • 19 yanvar, 2020, 20:50
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Hozirgina Osiyo chempionati chorak finalidan o‘rin olgan BAA - O‘zbekiston uchrashuvi yakunlandi. Unda terma jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi.

Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida BAA terma jamoasi ustozi Skorza quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

- O‘yinni yaxshi boshlagandik. Hujumlar tashkil etdik. Ammo ulardan foydalana olmadik. So‘ng xatolarimiz qimmatga tushdi. Boz ustiga penalti o‘yinni o‘zgartirib yubordi. Bu O‘zbekistonga qo‘l keldi. O‘sha vaziyatda hakam penalti bermasa ham bo‘lardi. Bu vaziyat menim nazarimda shunday. Qolaversa, bir kun kam dam olganimiz ta’sir qildi. O‘zbekiston o‘yin tashkil qilish bo‘yicha ustunlikka erishdi. Ular bugun haqli ravishda zafar quchishdi.

Balki zaxiradan yangi kuchlarni maydonga tushirganimda bunday hisob bo‘lmasmidi. Bu futbol. Shuningdek, markazni boy berdik. O‘zbekistonliklar esa shu joyda ustunlik qilishdi. Ularni haqli g‘alaba bilan tabriklayman, - dedi Skorza.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shoh Shoh
19/01/2020 20:55
INSHAALLOH O‘ZBEKISTON CHEMPION!!!!
Абдусамат Жураев
20/01/2020 08:32
Ерим финалнинг энг чиройли уйини бизники булди хаволанмаймиз БОЛАЛАР яна битта галаба Все!!!! Айрапортда ШЕВРЕЛЕТ ТРЕКРЧАЛА КУТЯПТИ БОЛАЛАР ОЗ КОЛДИ АТИГА БИТТА ГАЛАБА АКАЛАРИНГ ТОШКЕНТДА АРАБЛАРГА МАГЛУБ БУЛДИ СИЗЛАР КАСОС ОЛИНГ ИЛТИМОС ЙИГИТЛАР
Анвар Акбаралиев
19/01/2020 21:47
Эх жаноб тан олаверин узб эзиб ташлади