
Bahodir Jalolov 15 mart kuni tajribali bokschi bilan to‘qnash keladi
Professional ringda super og‘ir vazn toifasida muvaffaqiyatli yurishi davom ettirayotgan Bahodir Jalolovning keyingi jang sanasi ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, bokschimiz joriy yilning 15 mart kuni AQShning Tustin shahrida (Kaliforniya shtati) tajribali bokschiga qarshi ringga ko‘tiriladi. Bu jangda unga kolumbiyalik Santander Silgado raqiblik qiladi. Bu bokschi shu vaqtga qadar 34 ta jang o‘tkazib, 28 g‘alaba (22 nokaut) va 6 mag‘lubiyat qayd etgan.
Silgado o‘z vaqtida WBA chempionlik kamariga asosiy da’vogar hisoblangan va chempionlik jangida rossiyalik Denis Lebedevga imkoniyatni boy bergan. Bundan tashqari u yana bir qator chempionlik kamarlari uchun ringga chiqqan.
Bahodir Jalolov so‘nggi marta o‘tgan yili dekabr oyida Markus Valentinni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar