
Bahodir Jalolovning jangi O‘zbekistonda ham efirga uzatiladi (video)
Professional boksning og‘ir vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolov (10-0, 10 KO) o‘zining navbatdagi jangini Toshkent vaqti bilan 11 iyun tongida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shahrida o‘tkazadi.
Dibella Entertainment kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomida Jalolovga belgiyalik Jek Mulovayi (11-2-1, 7KO) raqiblik qiladi. Ushbu oqshom "Uzreport TV" kanali orqali translyatsiya qilinadi va Jalolov ishtirokidagi bahs markaziy jang bo‘ladi.
Fikrlar