Bahouddin Naqshband xalqaro turnirida g‘oliblar aniqlanmoqda
Ayni kunlarda Buxoro shahrida kurash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Bahouddin Naqshband xotirasiga xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tmoqda. Kecha bir qator vazn toifalarida bellashuvlar o‘tkazilib, g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlab olindi. Ushbu turnirda g‘olib chiqqan kurashchilar 3 000 AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotiga ham sazovor bo‘lishmoqda. Kecha bellashuvlar g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:
-60 kg:
1. Chori Zoirov (O‘zbekiston)
2. Amanxan Oskenbaev (Qozog‘iston)
3. Me’rojiddin Chaqmor (Afg‘oniston)
3. Furqat Ma’rufjonov (O‘zbekiston)
-66 kg:
1. Ja’far Firuzobodiy (Eron)
2. Mirjon To‘xtaev (O‘zbekiston)
3. Shuayb Muhammadyusuf (Afg‘oniston)
3. Qobuljon Ahmedov (O‘zbekiston)
-90 kg:
1. Shermuhammad Jandriev (O‘zbekiston)
2. Jamalbek Asilbekuli (Qirg‘iziston)
3. Nurislom Idrisov (Qirg‘iziston)
3. Muhammadali Shamsiddinov (O‘zbekiston)
-100 kg:
1. Erkin Doniyorov (O‘zbekiston)
2. Hamed Rashidiy (Eron)
3. Almaz Shakarov (Qozog‘iston)
3. Elbek Abdullaev (O‘zbekiston)
-52 kg:
1. Gulnor Sulaymonova (O‘zbekiston)
2. Chia-Ven Sou (Xitoy Taipeyi)
3. Oysuluv Abdumalikova (O‘zbekiston)
3. Eliza Abduqodirova (Qirg‘iziston)
Qolgan vazn toifasidagi bahslar bugun o‘tkaziladi.

Fikrlar