Bahrom Fozilovning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi, u Toshkentda ringga ko‘tariladi

  • 11 mart, 2022, 21:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xabar berib o‘tganimizdek, 14 mart kuni Toshkent shahrida joylashgan Yunusobod sport saroyida "Akhmat Fight Promotion" kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur kechadaning asosiy kard bahslarida O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etadi. Professional boksning o‘rta vazn toifasida (72,5 kg) janglar olib boruvchi Bahrom Fozilov (7-1-3, 7KO) ushbu kechada Ozarbayjon vakili Ali Mammadov (13-5, 3KO) bilan to‘qnash keladi.

25 yoshli Fozilov 31 yanvar kuni o‘zining oxirgi jangida Elvin Ahundov ustidan birinchi raundning o‘zida, muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi.

Eslatib o‘tamiz, shu kuni Mirzakamol Nematov ham Zurab Zanievga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!